
Xoland – hayratda!
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland jamoasi Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqaniga munosabat bildirdi.
- Bu hayratlanarli. Nima deyishni ham bilmayman. Juda baxtiyorman. Bu men umrim boricha eslab yuradigan xotira. G‘alaba kunidan bahramand bo‘lishni istayman.
Debyut mavsumi, 36 ta gol, Prnemer-liga sovrini va oldinda yana ikkita final, - dedi Erling Xoland.
22 yoshli norvegiyalik hujumchi o‘tgan yili yozda “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola qo‘l ostida uning o‘yini yanada ochildi.
Erling Xoland Premer-ligada 36 ta gol urib, bir mavsumda ko‘p to‘p kiritish bo‘yicha chempionat mutlaq rekordini o‘rnatdi.
Xususan, yosh hujumchi mavsum boshidan beri barcha turnirlarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.
Fikrlar