
Xoland, sen bizga mos emassan!
“Manchester Siti” etakchilaridan biri Ilkay Gyundog‘an “Borussiya” to‘purari Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
Ma’lumki, “shaharliklar” norvegiyalik hujumchi uchun kurashda favoritlardan biri hisoblanadi. Biroq, germaniyalik futbolchi Bundesligada porlayotgan to‘purar Xosep Gvardiola qo‘llayotgan taktik sxemaga mos emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, “Manchester Siti” yaqqol hujumchiga tayanib o‘ynamaydi.
- Xolandda har qanday top-klubni kuchaytiradigan sifatlar bor. Lekin biz yakka hujumchiga tayanib o‘ynamay qo‘yganimizga ancha bo‘ldi, - dedi Ilkay Gyundog‘an.
Darhaqiqat, Xosep Gvardiola shogirdlarining jamoaviy o‘yin ko‘rsatishi tarafdori. Hozir ham “shaharliklar” safida yaqqol etakchi yoki yakka to‘purar yo‘q. Mavsum davomida asosiy tarkib o‘yinchilari orasida Kayl Uokerdan boshqa har bir futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar