Xoland, “Real”ga qadam bosma!

  • 2 fevral, 2022, 18:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning tajribali himoyachisi Jerar Pike “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandga yangi jamoa tanlash bo‘yicha maslahat berdi.

Tecno

Ma’lumki, norvegiyalik to‘purarning o‘zi Ispaniya chempionatida to‘p tepishga qiziqyapti. Unga “Real” va “Barselona” xaridor.

- Men Xolandning o‘rnida bo‘lganimda “Oltin to‘p”ni olishga harakat qilardim. Buning uchun Kilian Mbappe boradigan jamoaga o‘tmaslik kerak, - dedi Jerar Pike.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real” safiga qo‘shilishi aytilmoqda. Madridliklar frantsiyalik to‘purarga yiliga 50 million evro maosh to‘lab, uni dunyoda eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirmoqchi.

 Avvalroq, Xolandning o‘zi ham haqiqiy etakchiga aylanadigan jamoaga o‘tishni istayotgani va Mbappe bilan bir klub sharafini himoya qilish niyati yo‘qlini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!