
Xavi va "Barsa" sport direktori g‘azabda
"Barselona" sport direktori Mateu Alemani jamoaning yangi bosh murabbiyi Xavi bilan suhbatlashdi.
Ularning ikkalasi ham klubdagi tibbiy muammolarni zudlik bilan hal qilish lozim deb hisoblamoqda. Alemani noto‘g‘ri tashxis qo‘yish va o‘yinchilarning tiklanish jarayoni sekinligidan charchagandi. Ayni damda Kataloniya klubining 11 futbolchisi lazaretda.
Pedri, Dembele, Roberto, Niko, Pike, Garsiya va Fati kabi futbolchilarning mushaklarida shikastlanish mavjud. Netu gripga chalingan, Agueroning yuragi bilan bog‘liq muammolar bor. Shuningdek, Breytueyt tizzasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, Dest esa belida og‘riq his qilmoqda.
Ta’kidlash joiz, kamchiliklar faqat tibbiy shtabda emas. Ayrim futbolchilarga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, klubda fitnes bilan bog‘liq muammolar ham ko‘zga tashlanmoqda.
Fikrlar