
Xavi uchun eng muhim futbolchi kimligi bilasizmi?
Xavi "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoga yuqori baho berdi.
Kataloniya klubi bosh murabbiyi "Real"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan ilk uchrashuvdan so‘ng (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Arauxo - dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri, u top darajadagi futbolchi.
Jamoamiz mudofaasida barcha yuqori darajada. Biroq Arauxo asosiy rol o‘ynaydi", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar