
Xavi: "Siti" Kanseluni "Barsa"ga o‘tishini istamadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yozdagi ehtimoli transferlar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar qishda "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselulini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan.
"Kanselu" yanvar oyida "Barsa"ga o‘tishi mumkin edi, lekin "Manchester Siti" bu transferni amalga oshishini istamadi. Nimagalini bilmayman. Klub shunchaki uni bizga qo‘shilishiga qarshi edi. Sababini Gvardioladan so‘rang", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Portugaliyalik futbolchi "Bavariya"dagi ijara muddati tugaganidan keyin "shaharliklar" safiga qaytishi kutilmoqda. Manchester klubi uni yozda qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar