
Xavi rahbariyatdan “Chelsi” futbolchisini sotib olishni talab qilmoqda
"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikuetani o‘z safiga qo‘shib olish fikridan voz kechgani yo‘q, deya yozdi jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Insayderning xabariga ko‘ra, bu transferni kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavining shaxsan o‘zi rahbariyatdan talab qilmoqda. Mutaxassis Dani Alvesh “ko‘k-anorranglilar” safini tark etganidan keyin o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasiga yangi futbolchi topishi kerak. Biroq, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Aspilikuetani klubda olib qolishga harakat qilmoqda.
Himoyachining “Chelsi” bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar amal qiladi. 32 yoshli ispaniyalik o‘tgan mavsum London klubi safida 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 3ta gol va 3 assistentni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar