
Xavi MYuga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: "Bizda o‘sish bor"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Yunayted"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda o‘tgan mavsumga qaraganda o‘sish bor. Garchi mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketgan bo‘lsak ham men buni aytib o‘tishim kerak.
"Bavariya", "Inter" va MYuga qarshi bahs olib bordik. Bu jamoalar qanday kuchga ega ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Biz rivojlandik, to‘g‘ri. Ammo bu etarli emasligini ko‘rib turibmiz.
Ishlashda davom etish kerak. Raqobatbardosh bo‘lishimiz va Evrokuboklarda yanada ishonchliroq harakat qilishimiz lozim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar