Xavi: "Men Chempionlar ligasi, Evro va Jahon chempionatida g‘olib chiqishni istayman"

  • 8 mart, 15:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi yozda murabbiylikka qaytmoqchi ekanligini aytdi. 
 
"Ha, yozda murabbiylikka qaytishni xohlayman. Men Chempionlar ligasi, Evro va Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni chin qalbimdan xohlayman. 
 
Sobiq futbolchi o‘zini faqat "Barselona" bilan cheklab qo‘ymasligini va boshqa La Liga jamoasini ham boshqarishi mumkinligini aytdi: 
 
"Nega La Liga jamoasida ishlamasligim kerak? Men hozirgi kunda qiziqarli loyihalarni izlamoqdaman. 
 
Xavi shuningdek, milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishga ham tayyor ekanini qo‘shimcha qildi: 
 
"Nega milliy terma jamoani boshqarmaslik kerak? Axir, men nufuzli kuboklarni qo‘lga kiritmoqchiman" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Xavi "Barselona" bosh murabbiyligidan yozda ozod etilgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!