Xavi kutilmagan zarba bilan Tuxelni dovdiratib qo‘ydi

  • 2 fevral, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tomas Tuxel klub rahbariyatidan yozda shartnomasi yakunlanadigan ikki tajribali himoyachi Sesar Aspilikueta va Andres Kristensenni Londonda qolishga ko‘ndirishni talab qilmoqda.

Tecno

Biroq, bu ikki o‘yinchi hozircha klubdan ketishni ma’qul ko‘ryapti. Bunga “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes sababchi. Ispaniyalik mutaxassis har ikki himoyachi bilan shaxsan bog‘lanib, ularni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgani aytilmoqda.

Og‘zaki kelishuvga ko‘ra, har ikki futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanganidan keyin to‘g‘ri “Kamp Nou”ga yo‘l oladi va Xavining jamoasidan joy oladi.

Joriy mavsumda “Chelsi” sardori Aspilikueta 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Kristensen esa 13 ta o‘yinda qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!