
Xavi jamoasida "Vilyarreal" a’zosini ko‘rmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandesga "Vilyarreal" a’zosi Aleks Baenaning o‘yini yoqmoqda. "Carrusel Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining o‘zi "Barselona" muxlisi bo‘lgani uchun "Kamp Nou"ga o‘tishga tayyor.
"Barselona" yanvar oyida Baenani sotib olishi qiyin bo‘ladi, ammo transfer keyingi yozda amalga oshishi mumkin. Aleks hujumning ikkala qanotida ham, hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida ham o‘ynay oladi.
Joriy mavsumda 22 yoshli xavbek Ispaniya chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar