
Xavi jamoaga g‘alaba qozonish ruhini olib kelgan futbolchini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Robert Levandovskining etakchilik fazilatlarini yuqori baholadi. Polshalik hujumchi 2023 yilda "Osasuna" bilan o‘yinda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiyani o‘tab, La Ligada 2 ta o‘yin o‘tkazib yuborgandi.
"Levandovski jamoaga etakchilik fazilatlari, g‘alaba qozonish mentaliteti va chempionlik odatini olib keladi. Uning ongida mag‘lubiyat degan tushuncha yo‘q.
Robert bu fazilatlarini qolgan futbolchilarga yuqtirmoqda", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Ayni damda Levandovski 14 ta gol bilan Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar