Xavi jamoa yulduzini “ko‘chada qoldirmoqchi”

  • 16 noyabr, 2022, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyim Xavi Ernandes jamoa tarkibini tozalashni davom ettiradi. Asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan Jerar Pike yaqinda professional faoliyatini tugatganini ma’lum qilgandi.

Tecno

Endi “Barselona” rahbariyati uzoq yillardan beri to‘p tepib kelayotgan Serxi Roberto bilan ham xayrlashishga tayyor. Robertoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Klub xo‘jayinlari yanvarda uni sotib yubormoqchi edi.

Agar futbolchi ketmagan taqdirda ham, yozda o‘ziga boshqa ish topishi kerak bo‘ladi. Klub mutasaddilari Serxiga yangi bitim taklif qilmasligini bildirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

30 yoshli futbolchi 2006 yildan beri “barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirgacha 328 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol va 39 ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!