Xavi APL klubida ish boshlashi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi jamoa bosh murabbiyi Tomas Frankning o‘rniga Xavi nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
"Fichajes" nashri bergan ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar hozirda klubni boshqarayotgan Tomas Frankka ishonchni yo‘qotmoqda. "Shporlar" rahbariyati Tomasning o‘rniga Xavini asosiy nomzod deb hisoblamoqda.
APLning 16-turida Frank shogirdlari "Nottingem Forest"ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng "Tottenxem" 22 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xavi oxirgi bor "Barselona"ni boshqargan edi. U Kataloniya klubida 3 yil ishlagan. Shu davr mobaynida ispaniyalik mutaxassis "ko‘k-anoranglilar"ni 143 ta uchrashuvda boshqarib, ulardan 91 tasida g‘alaba,23 ta durang va 29 mag‘lubiyat kayd etgan. Murabbiy La Liga chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.



Fikrlar