
Xaverts va Verner shokda!
“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard Bundesliga yulduzlari – Timo Verner va Kay Xayvertsning “aristokratlar” safiga o‘tishining tashabbuskorlaridan bo‘lgan.
Bu mutaxassis ikki o‘yinchi haqida fikr bildirdi.
- Klub ularni olish uchun juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi, Timo va Kay kelganida men xursand bo‘lgandim.
Vernerni “Liverpul” va “Manchester Yunayted” o‘ziga chorlayotgan edi. Biz buni bilardim. Men futbolchilar bilan shaxsan gaplashganimda ularni “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndiradigan gaplarni topishim kerak edi.
Verner va Xaverts “Chelsi”ga kelganida moslashishda qiyinchiliklarga duch keldi. Ular bizning mashg‘ulotlardagi tezlik va jismoniy talablardan shokka tushdi, - dedi Frenk Lempard.
Fikrlar