
Xaverts Jezusdan o‘zib ketdi
"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts o‘tgan dam olish kunlari "kanonirlar" safida gol urish bo‘yicha jamoadoshi Gabriel Jezusni ortda qoldirdi.
Germaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining 7-turida “Sautgempton”ga (3:1) qarshi kechgan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.
Xaverts shu tariqa “Arsenal” safida gol urish bo‘yicha braziliyalik jamoadoshi Gabriel Jezusni ortda qoldirdi. Ta’kidlash kerakki, Jezus shu kungacha “kanonirlar” tarkibida 77 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Haverts esa 61 ta o‘yinda maydonga tushgan va 20 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Haverts "Arsenal"da Jezusdan kamroq mavsum o‘tkazgan. U London klubiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan. Jezus esa 2022 yilning yozidan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar