
Xaver Mendes Islom Maxachevning qachon jang qilishi va raqibi kim bo‘lishi borasidagi gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi!
Islom Maxachevning (25-1) murabbiyi Xaver Mendes shogirdining qachon oktagonga qaytishi va qanday rejalari borligiga oydinlik kiritdi.
"Ramazon aprel oyida tugaydi, undan keyin unga ikki oy kerak bo‘ladi (tayyorlash uchun). Ha, iyun. Umid qilamanki, u ikkita jang o‘tkazadi, keling, UFC unga nima taklif qilishini ko‘raylik. Keyingi raqib haqida hozircha tushuncha yo‘q.
Ideal holda, u ikkita kamarni qo‘lga kiritish uchun yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun jang qilishni xohlaydi. Ammo hozir bu sodir bo‘lishi dargumon. Kim Islomga taklif qilinsa, rozi bo‘ladi va raqibni mag‘lub etadi. Shundan so‘ng, umid qilamanki, u yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvoniga sazovor bo‘ladi",-dedi Mendes.
Ma’lumot uchun, u so‘ngi jangida Aleksandr volkanovskini mag‘lub etgandi.
Fikrlar