Terma jamoamiz Kanada to‘sig‘idan o‘tgach, Islom Ismoilov nimalarni aytdi?

  • 6 sentabr, 20:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyadagi xalqaro turnirda qatnashayotgan O‘zbekiston U17 terma jamoamiz dastlabki turda Angliyana 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Tecno

Bugun ikkinchi uchrashuvini Kanada terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. 6:5 hisobida vakillarimizning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston U17 terma jamoamiz ustozi Islom Ismoilov Sports.uz saytiga o‘yin haqida intervyu berdi.

- Kanadaga termasiga qarshi bahs 2:2 natijasi bilan yakun topdi. Penaltilar seriyasida yutdik. Bu hisob uchrashuvga mos bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?

- Hisob o‘yinga to‘liq mos keldi, deb ayta olmayman. Sababi, o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Lekin uchrashuv boshida diqqatsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolar qimmatga tushdi. Shunga qaramasdan futbolchilar iroda ko‘rsatib o‘yinni o‘zgartira olishdi.

- Umuman, o‘yin siz kutgandek kechdimi? Qanday taassurot qoldirdi?

- Albatta, o‘yindan oldin ham juda murosasiz kechishini kutgandik. Shunday ham bo‘ldi. Futbolchilarning har biri bor kuchini sarfladi, yaxshi raqibga qarshi o‘yinda qaysi jihatlarda yaxshilanish kerakligini ham ko‘rib oldik. Umuman olganda, menda ijobiy taassurot qoldirdi.

- Ilk bahsda Angliyaga qarshi o‘ynadik va yutqazdik. Dastlabki uchrashuv bilan solishtirganda qanday farqli tomonlarini ko‘rdingiz?

- Angliya bilan o‘yinga nisbatan futbolchilarimiz jamoaviy o‘yinda va intizomda sezilarli darajada o‘sish ko‘rsatdi. Ikkinchi bahsda iroda ham, harakatlar ham ancha yaxshiroq bo‘ldi. Bu jamoamiz bosqichma-bosqich to‘g‘ri yo‘lanishda rivojlanayotganini anglatadi.  

- Futbolchilar siz xohlayotgan futbolni aynan kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda namoyish qila olishyaptimi?

- Albatta, bu jarayon bosqichma-bosqich kechadi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda ham o‘z uslubimizdan voz kechmay, hujumkor futbol ko‘rsatishga intilyapmiz. Yigitlar o‘yindan-o‘yinga o‘sishyapti, ayniqsa, mental jihatdan. Shu bois, kelgusida kuchli raqiblarga qarshi ham o‘zimiz istagan futbolni to‘liq namoyish qila olishimizga ishonaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!