PSJ qo‘rqqan holat yuz berdi. Klub jumbushga keldi

  • 6 sentabr, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempioni va Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” etakchi futbolchisi Usmon Dembeleni yo‘qotdi.

Tecno

28 yoshli hujumchi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasidagi uchrashuvda qatnashish uchun Frantsiya terma jamoasiga chaqirtirilgan edi. Ukrainaga qarshi o‘tkazilgan bahs frantsuzlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Usmon Dembele o‘yinning ikkinchi yarmida maydonga tushib, 81-daqiqada jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmadi.

Nufuzli manba –  L'Equipe jurnalistining yozishicha, bu holat PSJ rahbariyatini jumbushga keltirgan. Chunki klubning tibbiyot bo‘limi mutaxassislar murabbiy shtabiga Usmon Dembelening organizmi juda toliqqani, Ukrainaga qarshi uchrashuvda qatnashmasligi lozimligi, bu vaziyatda jarohat olish ehtimoli katta ekanini oldirdan ma’lum qilgan.

Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bu vaziyatdan xabardor bo‘lishiga qaramay, Dembeleni maydonga tushirdi va holat shifokorlar taxmin qilganidek yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!