
Xarri Keyn uylandi (FOTO)
Londonning "Tottenxem" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn o‘zining ko‘p yillik sevgilisi Keyt Gudlend bilan turmush qurdi.
“Nihoyat o‘zimning yaxshi ko‘rgan insonimga uylandim. Seni sevaman!”, - deb yozadi futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasida.
Aytish kerakki, ushbu juftlik o‘zaro maktab yoshidanoq tanish hisoblanishadi. Ularning hozirda Ayvi Jeyn Keyn va Viven Jeyn Keyn ismli qizlari bor.
Ma’lumot uchun, Keyn o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 24ta gol urishga erishdi.
Fikrlar