Rasman: Baxtiyor Moskva klubiga o‘tdi
Qozog‘iston milliy terma jamoasi etakchisi Baxtiyor Zaynutdinov Turkiya Superligasining “Beshiktosh” klubini tark etib, Rossiya Premer-ligasiga qaytdi.
“Dinamo Moskva” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali transferni rasman e’lon qildi.
Baxtiyor Zaynutdinov ikki yildan buyon Turkiya chempionatida o‘ynab kelmoqda. Himoyachi 2023 yilning yozida “Beshiktosh”ga TsSKAdan ko‘chib o‘tgandi. “Armiyachilar” safiga o‘tgunicha Rossiya Premer-ligasida “Rostov” sharafini himoya qilgan.
Zaynutdinov rostovliklar safida Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan. O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi Abbosbek Fayzullaev TsSKAga ko‘chib o‘tganida Baxtiyor o‘zbek legioneriga yordam bergan edi.
Qiztg‘i shundaki, Shomurodov va Fayzullaev Turkiya Superligasining “Istanbul Bashaushehir” klubiga ko‘chib o‘tgan pallada, Baxtiyor Zaynutdinov Rossiyaga qaytdi.



Fikrlar