
Xarri Keyn tarixga kirdi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Mura"ga (5:1) qarshi o‘yinda 3 ta gol urdi.
E’tiborlisi, Keyn shu tariqa Konferentsiyalar ligasida xet-trik qilgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
OptaJoe tarqatgan xabarga qaraganda, Keyn Evropaning klublar o‘rtasidagi 3 ta yirik musobaqasida xet-trik qilgan tarixdagi uchinchi futbolchiga ham aylandi. Bungacha ushbu ishni faqatgina Yupp Xaynkes va Gerd Myuller uddalagan.
Fikrlar