Xarri Keyn (chempionlik haqida) : "Bu — orzuning ro‘yobga chiqishi"

  • 11 may, 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Keyn o‘z faoliyatidagi ilk kubok — Germaniya chempionligi medalini qo‘lga kiritdi. Bugun "Bavariya" so‘nggi uy o‘yinida "Borussiya Menxengladbax"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va shu munosabat bilan futbolchilarga medallar topshirildi.

Tecno

31 yoshli angliyalik hujumchi uchun bu — klub darajasidagi ilk sovrin. Ushbu ilk sovringa myunxenliklar hujumchisi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, shunday izoh berdi:

"Bu — ajoyib tuyg‘u. Bungacha uzoq yo‘lni bosib o‘tdim. Bu kabi lahzalar uchun juda ko‘p mehnat va qurbonliklar bo‘ldi. Muxlislar bilan birga bayram qilish — alohida hayajon.

Umid qilamanki, bu ko‘plab kuboklarning ilki bo‘ladi. Bizda zo‘r jamoa va ajoyib murabbiy bor" —deya ta’rif berib o‘tdi 31 yoshli forvard. 

Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi joriy mavsum 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 37 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!