Xamzat Chimaev MDH dagi TOP5 jangchi nomini ma’lum qildi
O‘rta vazn toifasida (84 kg) mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Xamzat Chimaev promoushenning MDH davlatlari bo‘yicha eng yaxshi besh nafar jangchisini aytib o‘tdi.
“MDH dan juda ko‘p yaxshi yigitlar bor. Birinchi navbatda Islom Maxachev. Hozir u P4P reytingida birinchi o‘rinda. Yana biri Shavkat Rahmonov...U ham kamar uchun kurashda. Sharabutdin Magomedov - yangi yulduzga aylanmoqda. Albatta, ushbu ro‘yxatga Pyotr Yan va Arman Tsarukyanni ham kiritgan bo‘lardim”, - dedi Chimaev You Tube dagi "Adam Zubayraev" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xamzat so‘nggi jangida Robert Uittakerni 1-raunddayoq sabmishn orqali mag‘lub etgandi.



Fikrlar