Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti o‘zbekistonlik MMA vakillariga yuqori baho berdi

  • 26 avgust, 2021, 18:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 24 avgust kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida MMA bo‘yicha O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Mazkur o‘ziga xos o‘rtoqlik uchrashuv har ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Tecno

Ma’lumki, ushbu jang oqshomi 10 ta vazn toifasida havaskor yo‘nalishida va IMMAF qonun-qoidalari asosida o‘tkazildi. Natija esa hamyurtlarimiz foydasiga 10:0 ko‘rinish oldi.
E’tiborlisi ushbu turnirga Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun, bosh direktor Densin Uayt hamda IMMAFning rivojlanish bo‘yicha direktori Andrey Moshanov ham tashrif buyurdi.

Mazkur mutasaddi shaxslar O‘zbekiston delegatsiyasi jumladan, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov bilan ham uchrashib, O‘zbekistonda nufuzli turnirlar o‘tkazilishi borasida o‘ziga xos rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Qolaversa, O‘zbekistonda MMA yo‘nalishi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligini, jangchilarimizning salohiyati yuqori ekanligi va ajoyib epikirovkalar tanlanganligini ham alohida e’tirof etib o‘tdi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasining (IMMAF) ham O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasiga ishonchi yuqori. Demak, tez orada IMMAF tomonidan yurtimizda ajoyib turnirlar va jang kechalari tashkil etilsa, ajab emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!