
Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi Davron Fayziev talqinida...
Ayni kunlarda sport olamidagi eng katta mavzu, UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov va ushbu dvizion etakchisi Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang bo‘lmoqda deb bemalol ayta olamiz. Yaqindagina ushbu to‘qnashuv muddati va qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, butun dunyo ularning imkoniyatlari borasida, jang qanday yakun topishi xususida sportchilar, mutaxassislar hamda muxlislar tomonidan turli xil fikrlar yangramoqda.
Go‘yoki butunjahon ikkiga bo‘lingandek, bunday holatni faqat futbolda, “Real”-“Barsa” jamolari yoki Ronaldu va Messi o‘rtasidagi vaziyatlarda kuzatishingiz mumkin. UFC shu darajada ommalashmoqdaki, ushbu promoushen janglarida ham yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kurrai zamin muxlislari ikkiga bo‘linnishmoqda. Bunday voqeani Xabib va Konor jangidan avval ham kuzatgan edik. Mana Toni bilan jangga ham undanda qiziqish yuqori... Bu albatta UFC ning juda katta yutug‘i desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Albatta, mamlakatimizda ham mazkur sport turi tobora ommalashmoqda. Ayniqsa, rasman assotsiatsiya tashkil qilinishi, GFC ning yubiley 20-turniri Toshkentda o‘tkazilishi, yanada MMAga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi.
Shunday omillarni hisobga olib, o‘zbekistonlik sportchilar, mutaxassislarning ushbu qarama-qarshilik haqida qanday fikrlar bildirayotganini e’tiboringizga havola etib borayotgan edik. Ya’ni, bu borada 3- qismini taqdim qilishga ham ulgurdik.
Bugun esa, o‘zbek sport jurnalistikasining etakchi vakillaridan biri, ayniqsa MMA borasida juda yaxshi va ajoyib bilimga ega bo‘lgan Davron Fayzievning mazkur to‘qnashuv borasidagi fikr va mulohazalarini taqdim etamiz.
- Xabib bilan Fergyuson! Bu jang haqida eshitganimda birinchi navbatda meni xayolimga kelgan narsa, jang bo‘larmikan degan shubha bo‘ldi. To‘rt marta UFC bu jangni tashkil qilmoqchi bo‘lgan. Barchasi o‘xshamagan. Har-xil sabablar bor. Ikki marta Xabib sababli, ikki bor Fergyuson tufayli bekor qilingan. Hatto, Dana Uayt bu to‘qnashuvni boshqa tashkil qilmasligi borasida jahl bilan gapirib o‘tgandi.
Oxirgi marta Fergyuson Nyu-Yorkdagi matbuot anjumaniga ketayotganida qoqilib tushib, tizzasidan jarohat olganda, UFC prezidenti g‘azab bilan shunday degan edi. Ammo, Dana Uaytning ushbu so‘zlari amalga oshmasligiga sabab, uning yolg‘onchiligida emas, shunchaki bu ikki jangchi o‘zaro oktagonga chiqmasa bo‘lmasdi. Chunki har ikkisi ham UFC da mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Ikki dominant bitta vazn toifasida ishtirok etyapti, mag‘lubiyatsiz odimlashmoqda. To‘g‘ri, Fergyuson yutqazgan, lekin bu voqea ancha avval sodir bo‘lgandi. Qolaversa, unda ham 12 ta jangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya mavjud, huddi Xabib kabi... Mana shunday ikki jangchi bitta vaznda ishtirok etib, o‘zaro jang o‘tkazmasligi, bu UFC ning obro‘siga ham to‘g‘ri kelmasdi.
Chunki, ushbu promoushenning eng katta plyus tomoni, kuchlilar har doim bir-biri bilan albatta to‘qnash kelishida... Shuning uchun, bu erda hatto Dana Uayt UFC prezidenti bo‘lgan taqdirda ham, birgina uning jahl qilishi bilan bu to‘qnashuvni chetlab o‘tish katta xato bo‘lardi. Bu jang baribir bo‘lishi kerak edi.
Endi bevosita imkoniyatlarga kelsak, UFC da taxmin qilish har doimgidek qiyin. “Apset”(yulduzlarning kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrashi) lar ham uchrab turadi. Deylik, Fergyuson Xabibni ustidan g‘alaba qozonsa, bu juda katta “apset” ham deb bo‘lmaydi. Chunki, Toni ushbu promoushenda aytib o‘tganimizdek, Xabib singari g‘alabali seriyani davom ettirmoqda.
Shuningdek, Fergyusonni Xabibning avvalgi raqiblaridan bitta farqi bor. So‘ngilaridan deylik, ya’ni Toni xech qachon “parter”dan qochmagan. “Teykdaun” o‘tkazib yuborilsa ham Toni xavfliligicha qoladi. U “parter”dan turib huddi Xabib kabi “sabmishn”( yiqitib olib, bo‘g‘ish)lar qila oladi. Yotgan joyida muddatidan oldin g‘alaba qozongan janglarini ko‘p ko‘rganmiz. O‘sha yotgan holatda Fergyuson juda xavfli bo‘ladi. Shuning uchun, Xabibning “teykdaun”lar qilishi unga yaqqol ustunlik bermaydi.
Ochko beradi. Konor MakGregor bilan jang qanday bo‘lgandi? Ko‘pchilik Xabib “teykdaun” qilsa bo‘ldi. Konor tamom bo‘ladi va o‘sha “parter”ni o‘zida Nurmagomedov g‘alaba qozonadi deya, taxmin bildirgandilar. Aslida shunday ham bo‘lib chiqdi. Huddi shu voqeylik Pore bilan ham yuz berdi. Yiqitib oldi va yutdi. Lekin Toni bilan yiqitib oldi degani bu yutuq emas.
Toni yotgan holatida ham yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, juda xavfli. AQShlik jangchida yana bitta qurol bor. Bu noodatiy uslub! Xabib tayyorlanishi mumkin. Raqibni o‘qib-o‘rganib chiqishi mumkin. Biroq o‘sha kuni Fergyuson qanqa uslubda ishlashini bilmaydi. Deylik, Toni 10 ta jang o‘tkazsa, 10 xil uslubda harakat qiladi. Tirsaklar, tizza uning xavfli quroli, Xabib ko‘proq yaqin masofaga intiladi. Shunday holatda Fergyusonning tirsagi va tizzasi ishga tushadi.
UFC da Xabib xech qachon jarohat olmagan. Bu safar shunday holat kuzatilish ehtimoli bor. Okean orti vakilining o‘sha tirsaklari ancha-muncha jarohat olmaydigan jangchilarni qoshini yorgan, burnini sindirgan, labini qonatgan. Shuning uchun, ushbu to‘qnashuvda dog‘istonlik jangchining yuzi birinchi bor qonga belanishi mumkin.
Shu tomonlari xavfli Toni Fergyusonning... Xabib Nurmagomedovga to‘htaladigan bo‘lsak, hozir uning uslubini yosh bolalardan so‘rasangiz ham aytib beradi. Hamma biladi, xech kim to‘xtata olmaydi!!! Hamma biladi uning nima qilishi mumkinligini, nima qilsa xavfli bo‘lishini, ammo xech kim unga qarshi chora topa olmayapti. Shunday ekan, Xabib o‘sha-o‘sha jangni olib boradi. Imkon bo‘lganda “teykdaun”qiladi.
Imkon bo‘lganda “graund en paund” ya’ni yotgan raqibiga zarbalar beradi. Imkon bo‘lganda uni bo‘g‘ib qo‘yishga harakat qiladi. Xabib va Tonida bitta o‘xshash jihat bor. O‘zi uslublarida bir xillik mutlaqo yo‘q. Lekin bitta jihati bundan mustasno. Ya’ni ikkalasining “kardio”si mukammal. Har ikkisi besh raund bir xil “temp”da ishlay oladi. Mana shu omil bizga 5-raund dahshatli jang guvohi bo‘lishimizga zamin yaratadi. “Temp” masalasida balki Xabibda biroz ustunlik bordir. Chunki Xabib 5-raund bir tekisda harakat qiladi.
Tonida ba’zi holatlarda bo‘ladi-ki, zarba o‘tkazib yuboradi, yiqiladi. Shunday vaziyatlarda ham dumalab, turli xil harakatlar bilan yana jangni davom ettiradi. Biroq ma’lum bir vaqt unda pasayish yuzaga keladi. Bu charchab qolishdan emas, shunchaki uning ritmi buziladi. To‘g‘riroq qilib aytganda, jang olib borish ritmi buziladi. Shu ma’noda juda kichik ustunlik Xabibda degan bo‘lardim!
Fikrlar
Shaeali qurbonov
Sherali qurbonov
Полусредний вес (до 77 кг)Размах рук193 см
Общая информацияПрозвищеThe DiamondГражданство СШАДата рождения19 января 1989 (30 лет)Место рожденияЛафейетт, Луизиана, СШАРост175 смВесовая категорияЛёгкая (70 кг)Размах рук183 см