Xabi Alonso: “Real”ga shu ikki o‘yinchini olib bering!

  • 28 may, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Xabi Alonso jamoa tarkibini o‘ziga moslashtirish bo‘yicha ish boshladi va o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos ijrochilarni olib kelmoqchi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis klub mutasaddilaridan maydon markazini kuchaytira oladigan o‘yinchi olishni talab qilgan. Xabi Alonso bu pozitsiyaga “Shtutgart” yarim himoyachisi Angelo Shtiller va “Komo” vakili Nikolas Pasni mo‘ljallayapti.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, madridliklarga Shtiller nomzodini o‘tgan yozda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Toni Kroos tavsiya qilgan.

Nikolas Pas esa, aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy tarkibga kira olmagan iste’dodli o‘yinchini madridliklar “Komo”ga arzon narxga sotib yuborgan. Shunga qaramay, “Qirollik klubi”da Pasni qayta transfer qilish huquqi bor.

“Qirollik klubi” mutaxassislarining texnik tahlillari jamoaga hali yulduz darajasiga ko‘tarilmagan va jamoa manfaatini o‘zidan ustun qo‘ya oladigan, biroq kuchli ligalarda o‘ynash tajribasiga ega ijrochilar kerakligini ko‘rsatgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!