
WBC yangilangan reytingida 11 nafar o‘zbek bokschilari o‘rinlari bilan tanishing
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Jahon boks kengashi (WBC) yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingdan 11 nafar hamyurtlarimiz joy olgan.
Og‘ir vazn (+101,6): Bahodir Jalolov 16-o‘rin,
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziev 19-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarildi,
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 6-o‘rindan 7-o‘ringa tushdi,
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 16-o‘rindan 18-o‘ringa tushdi, Jahongir Rasulov 29-o‘rinda,
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 15-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi, Botir Ahmedov 31-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarildi, Mujibillo Tursunov 39-o‘rindan 38-o‘ringa ko‘tarildi,
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 10-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 4-o‘rindan 5-o‘ringa tushdi,
Birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg): Hasanboy Do‘smatov 7-o‘rin.
Fikrlar