
WBA fevral oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi.
Mazkur reytingga ko‘ra, navbatdagi g‘alabasiga erishgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) bir pog‘ona ko‘tarilishga erishdi va 2-o‘rindan joy oldi.
Yana bir e’tiborli voqeylik Rustam To‘laganov (3-0, 1 KO) ning ham ushbu reytingda paydo bo‘lishidir. U 15-pog‘onada qayd etilgan.
Qolgan vakillarimiz esa avvalgi oydagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishgan. Jumladan, Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) vazn toifasidagi chempion sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) oltinchi, Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) 7-pog‘onani band etishgan. Bektemir Meliqo‘ziev (5-0, 4 KO) esa 15-o‘rinda qayd qilingan.
Reytingda boshqa o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari o‘rin olmagan
Fikrlar