"Vulverxempton" yozda o‘zining transfer rekordini yangilamoqchi

  • 11 aprel, 2019, 14:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Marsel" klubi yarim himoyachisi Morgan Sanson faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsuzga "Vulverxempton"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. APL klubi ushbu futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishi mumkin. Uning transferi esa "Vulverxempton"ga 42 mln evroga tushushi aytilmoqda.

Agar Sansonning transferi amalga oshadigan bo‘lsa, bu "Vulverxempton" eng qimmat xarid bo‘lishi mumkin. Hozircha jamoa tarixidagi eng qimmat futbolchi Raul Ximenes hisoblanadi. Ingliz klubi ispaniyalik futbolchini naqd 38 mln evroga sotib olgan.

Ma’lumot uchun, Sanson joriy mavsum “Marsel” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!