
“Vulverxempton” futbolchisi Rossiya terma jamoasida o‘ynamoqchi
“Vulverxempton” himoyachisi Maks Kilmen xalqaro turnirlarda Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.
- Men uchun Rossiya va Ukraina terma jamoalari eshiklari ochiq. Men yoshligimda Moskvaga ko‘p borardim. Kievda ham onam tomonidan qarindoshlarim hozir ham bor. Otamning yaqinlari AQShga ko‘chib ketgan. Rus tilini mukammal bo‘lmasada, gaplasha oladigan darajada bilaman, - dedi Kilmen.
Kilmen joriy mavsumda Angliya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas uzatdi.
23 yoshli futbolchi faoliyati davomida futzal bo‘yicha Angliya terma jamoasida ham o‘yinlarda qatnashgan.
Fikrlar