"Vulverxempton" APL tarixida noyob rekord o‘rnatdi
"Vulverxempton" futbolchilari APLning 35-turida "Brayton"ga qarshi bahsda birorta ham o‘yin qoidasini buzishmadi.
E’tiborlisi, "Vulverxempton" premer-ligada o‘yin qoidalarini buzish bo‘yicha statistika hisoblanishi boshlangan vaqtdan buyon, ya’ni 2003/04 yilgi mavsumdan buyon bir o‘yinda umuman o‘yin qoidasini buzmasdan o‘tkazgan ilk jamoa bo‘ldi. Qayd etish lozimki, 2003/04 yilgi mavsumdan buyon shu kungacha APLda 6064ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, "Vulverxempton" premer-liga musobaqa jadvalida 48 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.



Fikrlar