Volkanovski: "Pereyra tobora xavfli bo‘lib bormoqda"

  • 1 iyul, 2024, 13:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski yarim og‘ir vazn toifasidagi chempion Aleks Pereyraning Irji Proxazka ustidan qozongan g‘alabasiga baho berdi.

Tecno

"Irji juda kam zarba yo‘lladi. Pereyraga zarba berish qiyinlashayotganga o‘xshaydi, u tobora xavfli bo‘lib bormoqda. Stoykada Aleks raqiblarini eb tashlamoqda. Kamarini ajoyib tarzda himoya qildi. Umuman olganda, u juda kuchli jangchi. Pereyra qachon, qanday harakat qilish kerakligini yaxshi tushunadi, shuningdek, raqiblarining kuchli va zaif tomonlaridan unumli foydalanadi. Aleksni oldinda porloq kelajak kutmoqda. Bu aniq. Lekin u og‘ir vazn toifasiga ko‘tariladimi yoki yo‘q – bilmayman”, — dedi Volkanovski You Tube dagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni "UFC 303" turnirida Pereyra Irji Proxazkani ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!