Voleybolchilarimiz Bangladeshga jo‘nab ketishdi

  • 22 dekabr, 2021, 17:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun erta tongda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi a’zolari Bangladesh davlatiga jo‘nab ketishdi. Ular Bangladeshning Dakka shahrida tashkil etiladigan CAVA, ya’ni Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi shafeligidagi “Chellenj SUP” musobaqasida ishtirok etadi.

Tecno

Voleybolchilarimiz joriy yil avgust oyida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan va mazkur musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan edi.

Tashkilotchilar CAVA “Chellenj SUP” musobaqasini bugungi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda karantin qoidalari asosida tashkil etish choralarini ko‘rishmoqda.

Bugunning o‘zida vakillarimiz Dakka aeroportida mezbonlar tomonidan gullar bilan qarshi olindi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!