Voleybol bo‘yicha “Toshkent-2019” xalqaro turniriga start berildi

CHERY AUTO

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti sport majmuasida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Toshkent-2019” xalqaro turniriga start berildi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Tecno

Dastlab maydonga Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tushishdi. Qizg‘in kechgan o‘yinda turkmanistonlik voleybolchilar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Kunning ikkinchi yarmida maydonda O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari bahs olib borishdi. Dastlabki partiya murosasiz kurashlar ostida o‘tib, unda 26-24 hisobi bilan hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi. Biroq, keyingi partiyalarda vakillarimiz katta ustunlikka erishdi hamda 25-12, 25-17 hisoblarida g‘alabaga erishdi.

“Toshkent-2019” xalqaro turniri

8 noyabr, juma

10:00  Turkmaniston – Tojikiston – 3:0
14:30  O‘zbekiston – Qirg‘iziston – 3:0 (26-24, 25-12, 25-17)
9 noyabr, shanba
10:00  Qirg‘iziston – Turkmaniston
14:30  Tojikiston – O‘zbekiston
10 noyabr, yakshanba
10:00  Tojikiston – Qirg‘iziston
14:30  O‘zbekiston – Turkmaniston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!