Ekspertlar final uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan xulosa berishdi
O‘zbekiston Kubogi finalida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Futbol Hakamlar Markazi (O‘zFHM) xulosa chiqardi.
"Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final uchrashuvida "Buxoro" jamoasi tomonidan kiritilgan gol hisobga olinmadi.
VAR tekshiruvi natijasiga ko‘ra, birinchi holatda "Buxoro"ning 93-raqamli futbolchisi ofsayd holatida bo‘lgan, ikkinchi vaziyatda esa 22-raqamli futbolchi ham o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan. Shu sababli ushbu futbolchilar hujum epizodida faol ishtirok etgani sababli golni inobatga olmadi.
Quyidagi suratda vaziyatning ofsayd chizig‘i aniq ko‘rinmoqda — "Buxoro" futbolchisi himoyachidan oldinda joylashgan", - deyiladi ekspert hakamlar xulosasida.


O‘zbekiston Kubogi final bahsida "Paxtakor" va "Buxoro" klublari o‘zaro kuch sinashishdi. Uchrashuvda "sherlar" kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi va o‘z tarixlarida 14-martta kubok sohibiga aylanishdi. O‘yindagi yagona gol 63-daqiqada hojimat erkinov tomonidan kiritildi.



Fikrlar