
Vodiy derbisini boshqaradigan Shukurullaevga oid statistika
O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Navbahor” – “Andijon” bellashuvini Akobirxo‘ja Shukurullaev boshqarib borishidan xabaringiz bor.
30 yoshli hakamning “Navbahor” va “Andijon” ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarganlik haqidagi statistikasi bilan tanishamiz. Hozircha bu yil hisobida Akobirxo‘ja ikkala klub ishtirokidagi o‘yinlarni boshqargani yo‘q. Faqat 3-tur doirasidagi “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:2) uchrashuvida Shukurullaev VAR hakami sifatida ishlagan. Joriy mavsumda hozirgacha 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi va undan 2 tasi Superliga o‘yinlaridagi bosh hakamligiga to‘g‘ri keladi.
2023 yilgi mavsumga keladigan bo‘lsak, Shukurullaev “Neftchi” – “Andijon” (0:0) va “Andijon” – “Olimpik” (2:1) ishtirokidagi bellashuvni boshqargan. Shuningdek, “Navbahor” – “Paxtakor” (1:2) va “Neftchi” – “Navbahor” (0:0) o‘rtasidagi o‘yinlarda ham hakamlik qilgan. Yanada ahamiyatlisi, Akobirxo‘ja Shukurullaev o‘tgan yili Superliganing 6-turi, 14 aprel sanasidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Andijon” (1:0) uchrashuvida bosh hakamlik qilgan.
“Navbahor” – “Andijon” bahsida yana Shukurullaev va bu safar u Kubok doirasidagi uchrashuvda hakamlik qiladi.
Fikrlar