
Vodiy derbisi oldidan statistik raqamlar
25 sentyabr oqshomida 20-turning markaziy o‘yini “Bobur arena”da bo‘lib o‘tadi. “Andijon” shu kuni o‘z maydonida, minglab muxlislari ko‘z o‘ngida qo‘shni viloyat – Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi.
Birinchi davrada Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etilgandi. O‘sha o‘yinda mehmonlardan Bektemir Abdumannonov va Farhod Sohibjonov ajoyib gol mualliflariga aylanishgandi. Farg‘onaliklardan Bilolxon Toshmirzaev hamda Jasur Jaloliddinov to‘p kiritishgan.
Umumiy hisobda bu jamoalar chempionatda vodiy derbisida 50 marotaba to‘qnashishgan. “Andijon”da 10, “Neftchi”da 33 g‘alaba bor. Yana 7 ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati 45\97 “Neftchi” foydasiga.
“Andijon” ushbu raqibini o‘z uyida so‘nggi bor 2016 yilgi chempionatda 2:1 hisobida mag‘lub etgan.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar