Vladimir Putin Rossiya terma jamoasining g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?

  • 16 iyun, 2021, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya terma jamoasining Finlyandiya (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabasiga  munosabat bildirdi.

"Ofarin, tabriklayman", - dedi Putin matbuot anjumani paytida.

Davlat rahbari Jenevada AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvdan so‘ng ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlashdi va aynan mana shu paytda u futboldagi g‘alaba haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Aleksey Miranchukning chiroyli zarbasi tufayli finlarni mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Rossiya terma jamoasi “Evro-2020”ning guruh bosqich so‘nggi bahsini 21 iyun kuni Kopengagenda Daniyaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!