Vladimir Andreev: O‘yinimizda xatolar bo‘ldi

  • 2 oktabr, 2019, 22:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turi «Andijon» - «Surxon» o‘rtasidagi uchrashuv bilan nihoyasiga etdi. «Sog‘lom avlod» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari 2:1 hsobida g‘alaba qozonishdi. Natijada «Surxon» mavsumdagi 8-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ushbu bellashuvdan keyin termizliklar bosh murabbiyi Vladimir Andreev mag‘lubiyatning sababini quyidagicha izohladi.

Tecno

- Birinchi navbatda «Andijon» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman, - deya gap boshladi, «Surxon» bosh murabbiyi. – Maydon egalari bugun g‘alaba qozonishni ko‘proq xohlashdi va shuning uchun uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Uchrashuv to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsam, albatta o‘yinimizda xatolar bo‘ldi. Biz ikkinchi bo‘limda kamchiliklarimizni to‘g‘rilamoqchi edik. Lekin aksiga olib o‘zimiz kutgandek bo‘lmadi, o‘ylaganlarimiz o‘xshamadi. Ustiga-ustak, golli imkoniyatlarni ham yarata olmadik. Shuning uchun 1:2 hisobida yutqazdik.

- Bugun negadir «Surxon» jamoasi bo‘sh o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, himoyadagi xatolar yaqqol bilinib turdi. Go‘yoki, futbolchilar ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishmagandek tasavvur uyg‘otishdi…

- Ha, siz to‘g‘ri aytdingiz. Bugun yaxshi o‘ynay olmadik. Aslida bizning kuchli tomonimiz – bu aynan himoya chizig‘i edi. Balki ko‘p o‘yin o‘tkazayotganimiz sababli yigitlarda charchoq alomatlari ham sezilayotgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga futbolchilar funktsional tarafdan ham to‘liq tayyor bo‘la olmagan bo‘lishi ham mumkin.

- Jamoa etakchisi Shavkat Salomov bugun zaxirada ham yo‘q edi…

- Salomov ikki kun oldin jarohat olgandi. Shu sababdan uni bu o‘yinga olib kelmadik. Ya’ni, tavakkal qilishni istamadik.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dezdi Chado
02/10/2019 23:03
Уйин сотилганга ухшайди. Тугрида Сурхон узидаги уйинларни ютсаям элитада колади. Саламов йук химоя буш уйнайди. Пахтакор Локо Бунётпорларга узида зур уйнаган сурхон андижонга ютказиши бу тугридан Тугри коррупция. Койиллекин Андижонга.