Vitaliy Denisovning “Rotor”dan ketish sabablari oshkor bo‘ldi

  • 14 iyul, 2020, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi safida 72 ta uchrashuv o‘tkazgan tajribali himoyachi Vitaliy Denisov yaqinda Premer-liga debyutanti “Rotor” safini tark etgan edi.

Tecno

 “Rotor” bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevichning “Rossiyskaya gazeta” sayti muxbiriga ma’lum qilishicha, klub o‘z safiga xorijlik futbolchilarni qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Ayni paytda “Rotor”da birgina legioner Beka Mikeltadze qolgan. U ham pandemiya tufayli Gruziyadan kela olmayapti.

Shuningdek, maqolada “Rotor” etakchi futbolchilar – Vitaliy Denisov, Denis Tkachuk va Yuriy Nesterenko bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagani aytilgan. Bu futbolchilarni klub taklif qilgan maosh qoniqtirmagan va ular jamoadan ketishga qaror qilgan.

UEFA kubogi sohibi, Rossiya chempioni va kubogi egasi Vitaliy Denisovga jamoa yo‘qmi?

Vitaliy Denisov: U ko‘p gol urishga majbur

Rasman! O‘zbekistonlik legioner Rossiya klubini tark etdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akmal Turakulov
14/07/2020 23:14
Ўйин амалиёти керак барибир.