
Vitaliy Denisov "Lokomotiv"ga o‘tdimi? Klub vakilidan javob
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o‘tgani borasida gap-so‘zlar ko‘paydi. Bu xabarlarga "temiryo‘lchilar" shifokori Abror Pirriev telegramdagi sahifasida javob berdi.
- "Vitaliy Denisov "Lokomotiv"ga o‘tganmush" - deb hali-hanuz gumonda yurganlar. U "Lokomotiv" bilan bitta mehmonxonada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tmoqda, - deya yozib qoldirdi Abror Pirriev.
Denisov faoliyat yuritayotgan Rossiyaning "Tom" klubi va toshkentliklar Turkiyada yig‘in tashkil qilmoqda va ular bir mehmonxonada yashamoqda.
Fikrlar