Virts "Bayer Leverkuzen"ga qaytishi mumkin!

  • 1 avgust, 00:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yozgi transfer oynasida Florian Virts "Bayer"dan "Liverpul"ga o‘tdi. Matbuotning ma’lumotlariga ko‘ra, angliyaliklar nemis yarim himoyachisi uchun 125 million evro to‘lashgan. Bonuslar evaziga summa 150 milliongacha etishi mumkin.

Tecno

Germaniyaning "Sport" nashri xabar berishicha, Virts "Bayer" muxlislari bilan shaxsan xayrlashish uchun Leverkuzenga qaytishi mumkin. Bu 5 avgust kuni, "Bayer" o‘z maydonida Italiyaning "Piza" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganda amalga oshishi mumkin.

Yaqin dam olish kunlarida mersesaydliklar Virtsning Leverkuzenga borishiga ruxsat berishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 10 avgust kuni "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Superkubogi doirasida o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!