
Vinisiusni sotib oladigan klub topildi
“Real” yulduzi Vinisius Juniorda faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi braziliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga qattiq kirishgan.
Shayxlar 2024 yilning avgust oyida 24 yoshli futbolchi bilan Londonda uchrashgan va uni o‘z jamoasiga taklif qilgan. Biroq o‘shanda Vinisius jamoasini alishtirishning mavridi emasligini ta’kidlab, taklifni rad qilgan.
Saudiyaliklar dekabr oyida ham Vinisius bilan bog‘landi. Bu gal ular telefon orqali suhbatlashdi.
Endi “Al-Ahli” vakillari yozgi transferlar vaqtida “Real”dan Vinisiusning shartnomasini sotib olishga harakat qilishi aytilmoqda.
Madridliklar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan bitimga ega Vinisiusning transfer summasi 200 million evroga baholangan.
Fikrlar