
Vinisiusga rad etib bo‘lmas taklif yuborildi
"Al-Axli" Vinisiusga 1 milliard evro to‘lashga tayyor. Bu haqida "Globo" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, "Real Madrid" vingeri Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni rad etgani xabar qilingandi.
"Al-Axli" braziliyalikning maoshi va bonuslarini hisobga olgan holda besh yil davomida milliard evro to‘lashga tayyor.
Saudiya Arabistoni Vinisiusni JCh-2034 oldidan liga yuziga aylanishini istamoqda.
"Los-Blankos" klubi esa Saudiya klubi bilan muzokara olib borishga shoshilmayapti.
Agar transfer amalga oshsa, bu sport tarixidagi eng yirik transfer bo‘ladi.
Fikrlar