
Vinisius Messining rekordini yangiladi
Vinisius Junior 2023/2024 yilgi Chempionlar ligasi finalida gol urdi.
Hujumchi 83-daqiqada Jud Bellingemning uzatmasidan so‘ng "Borussiya" darvozasini ishg‘ol qildi. Futbolchi 2022 yilgi Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ga ham gol urgandi. U EChL finalida bittadan ortiq gol urgan ilk braziliyalik futbolchi bo‘ldi.
"Opta" xabariga ko‘ra, Vinisius Chempionlar ligasining finalida raqib darvosini ishg‘ol qilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi 23 yoshu 325 kunligida mazkur natijani qayd etdi. Vini Lionel Messining 23 yil 338 kunlik rekordini takrorladi (2011 yilda).
Fikrlar