Vinisius: Birinchi taymdan so‘ng Anchelotti bizga bitta gol ursak, kambek bo‘lishini aytdi

  • 23 oktabr, 2024, 02:16
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Chempionlar ligasi 3-turida "Borussiya"ni o‘z maydonida qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Vinisius xet-trik qilgan bo‘lsa, Vaskes va Ryudigerlar bittadan gol urishdi. Uchrashuvdan keyin braziliyalik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Birinchi taymdan keyin kiyinish xonasida Anchelotti bizga bitta gol ursak, kambek qilishimizni aytgandi. Men bu klub uchun borimni berishga tayyorman. Muxlislar "Oltin to‘p" va mening ismimni aytib baqirishdi. Bu meni quvontirdi va ulardan minnatdorman", - dedi Vinisius. 

Madridliklarning keyingi o‘yini "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Kataloniya jamoasini esa undan oldin "Bavariya" bilan bo‘lib o‘tadigan bahs kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!