
Vinisius "Atletiko"ga qarshi maydonga tushmaydi. Sababi...
Bugun tunda Ispaniya La Ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real" o‘yini bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan biz sizga muhim ma’lumotni taqdim etamiz.
Xabar qilinishicha, endi "qaymoqranglilar" mashg‘ulotiga qaytgan Vinisius Junior oshqozonidagi muammolar sabab bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Buni klub rasmiy sayti orqali tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yinni "Sports.uz Live" telegram kanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar