
Vinisius, Husanov bilan birga o‘ynaysan!
“Manchester Siti” rahbariyati ajoyib rejani amalga oshirmoqchi. Klub xo‘jayinlari Erling Xoland va Vinisius Juniordan iborat hujum tandemini tashkil qilishga bel bog‘lagan.
“Shaharliklar” bu rejasini 2026 yilning yozida hayotga tadbiq etmoqchi. Buning uchun manchesterliklar “Real”ga 150 million evro miqdonida badal pulini to‘lashga tayyorligi aytilmoqda.
“Manchester Siti” Vinisius Junior atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Gap shundaki, madridliklar va braziliyalik legioner o‘rtasida shartnomani yangilashga qaratilgan muzokaralar hech qanday samara bermadi.
Vinisius yangi bitimni imzolash uchun Kilian Mbappedan katta maosh berilishini talab qilyapti. “Qirollik klubi” esa, maoshlarning maksimal miqdoriga qo‘yilgan limitni buzmoqchi emas. Bundan tashqari, ular futbolchilarning haddan ziyod miqdordagi maosh talabi jamoaning ichki muhitini buzishidan xavotirlanmoqda.
Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Agar joriy mavsum davomida kelishuv uzaytirilmasa, klub qimmatbaho o‘yinchini kelasi yoz sotib yuborishga majbur bo‘ladi.
Xosep Gvardiola ham Vinisius Junior va Erling Xoland tandemi jamoaga ichki va xalqaro maydonlardagi nufuzli sovrinlarni yutish imkonini berishiga ishonch bildirmoqda.
Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari o‘tgan mavsumda Evropa Chempionlar ligasi doirasida Vinisius Junior va Abduqodir Husanov kurashiga guvoh bo‘lgan edi. Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘zbek legioneri braziliyalik yulduzga o‘zini ko‘rsatish imkonini bermagan. Garchi “shaharliklar” o‘sha bahsda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Husanovning o‘yini yuqori baholangan edi.
Endi bu ikki superjamoa qit’aning eng nufuzli turniri doirasida yana o‘zaro to‘qnash keladi. Chempionlar ligasining umumiy guruhi oltinchi turida “Real” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni kutib oladi. Musobaqaning eng zo‘r uchrashuvlaridan biri bo‘lashi kutilayotgan bu bahs 10 dekabrga belgilangan.
Mashhur klub “Manchester Siti”ning bir necha o‘yinchisini so‘radi
Frantsiyaning eng mashhur klublaridan “Lion” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti”da etarli o‘yin amaliyotiga bo‘lamayotgan bir necha futbolchilarni olish harakatini boshladi.
Goal nashrining yozishicha, frantsuzlar nishoniga ikki markaziy yarim himoyachi – Kelvin Fillips va Niko O’Rayli tushgan.
“Lion” mutasaddilari bu o‘yinchilarni qishki transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida “shaharliklar” rahbariyatiga murojaat qilgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, lionliklarda “Manchester Siti” himoyachisi Josh Uilson-Esbrandni jamoaga taklif qilish varianti ham bor.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub rahbariyatidan tarkibni qisqartirishni so‘ragan. Ispaniyalik mutaxassis talabi bilan yozgi transferlar davrida o‘n nafar futbolchi jamoani tark etdi. Ular orasidan ayrimlari mavsum oxirigacha ijaraga jo‘natilgan.
Italiya futboli kuchlimi yoki Angliyaniki?
Yozgi transferlar davrida “Milan”dan transfer qilingan Tijani Reynders qisqa fursatda “Manchester Siti”ning etakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi.
Niderlandiyalik 27 yoshli futbolchi Italiya va Angliya futbolini o‘zaro taqqoslab, o‘z xulosalarini muxlislar e’tiboriga havola etdi.
- Angliya Premer-ligasida jismoniy kurash ko‘proq, temp va tezlik kattaroq. Premer-ligada siz guvoh bo‘layotgan yakkakurashlar alohida mavzu.
Italiyada ko‘proq taktik futbol, Angliyada esa, kuchga tayangan futbol o‘ynashadi. Bu erda odam o‘zini himoya qila olishi kerak. Men Angliyada aynan mana shu xususiyatni rivojlantirishni o‘rganishga e’tibor qaratishim kerak, - dedi Tijani Reynders.
Reynders “Zvolle” va “Tvente” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Valveyk” va “AZ Alkmaar” jamoalarida ham o‘ynagan. Oxirgi ikki mavsumni “Milan”da o‘tkazgan yarim himoyachini manchesterliklar 55 million evroga transfer qildi.
Fikrlar