
Vini: “Men irqchilik qurboni emasman. Men irqchilarning jallodiman”
Vinisius Junior sudning "Valensiya" muxlislari haqidagi qaroriga izoh berdi. Bugun sud "Valensiya"ning uch muxlisini o‘tgan yili may oyida "Mestalya"da bo‘lib o‘tgan La Liga o‘yinida "Real Madrid" qanot himoyachisiga nisbatan irqchilikka qarshi qo‘shiq aytgani uchun sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek, ular ikki yilga o‘yinlarga borishdan chetlashtiriladi.
«Ko‘plar mendan bunga e’tibor bermaslikni so‘rashdi, boshqalar esa mening rasizmga qarshi kurashim behuda ekanini va shunchaki futbol o‘ynashim kerakligini aytishdi.
Lekin har doim aytganimdek, men irqchilik qurboni emasman. Men irqchilarning jallodiman. Bu Ispaniya tarixidagi birinchi jinoiy hukm - men uchun emas. Bu barcha qora tanlilar uchun.
Boshqa irqchilar qo‘rqsin, uyalsin va soyada yashirinsin. Aks holda men ularni javobgarlikka tortaman. La Liga va “Real Madrid”ga ushbu tarixiy qarorda yordam bergani uchun rahmat. Keyingisi - ko‘proq... ”, - deb yozdi Vinisius.
Fikrlar